Yurt uchun qayg'urma (xavfliroq she'r)
Toleyinga yozilipti, shu o'lkada tug'ilding,
"Odolat" deb nomlanuvchi yolg'onlar-la bo'g'ilding,
Yurtim deb yonim yashab, parvona xol yugurma,
Yurt sen uchun qayg'urmagay, sen u uchun qayg'urma.
Yozda kesishar daraxt, baland binorlar qurib,
Chang to'zonda yashatar, xalq qadriga tupurib,
Qaraa, osmon musaffo, "islohot"dan yuz burma,
Yurt sen uchun qayg'urmagay sen u uchun qayg'urma.
Yurtning buyukligini ko'radirsan qish kelsa,
Yurtni sovuq uradi, salgina shomol yelsa,
Inson qadri deyilsa, chin emas hayol surma,
Yurt sen uchun qayg'urmagay sen u uchun qayg'urma.
Amaldorlarning uyi hammom misol qaynar,
Uyi isib ketkandan ko'ngillari ham aynar,
Ularday bo'lolmaysan, qasri kabi uy qurma,
Yurt sen uchun qayg'urmagay sen u uchun qayg'urma.
Bir bolakayni ko'rdim, titrat edi dudoqlar,
Boshqasini qo'llarini sovuq qildi qadoqlar,
Xalqning molin yeydilar, vazirlikda ***oqlar,
Balki shu so'zlar uchun, meni kutar zah "turma",
Yurt sen uchun qayg'urmagay sen u uchun qayg'urma.
©#oa.