O'ylarim, she'rlarim

Yo'lga chiqmasang yo'l ko'rinmaydi

"Yo'lga chiqmasang, yo'l ko'rinmaydi"

Maqsad qo‘yish va unga erisha olmaslik bu tabiiy jarayon. Chunki yo‘l davomida sizning asl maqsadingiz boshqa ekanini, siz boshqa narsa uchun yaratilganingizni anglab qolasiz. Lekin bu narsani anglash uchun yo‘lga chiqish zarur.

Shuning uchun Rumiy bobomiz: "Yo‘lda yurishni boshlasang — yo‘l ko‘rinadi," deya aytib ketganlar.

O‘zimdan qiyos: ingliz tilini o‘rganishdan maqsad — universitetga kirib, bakalavr olish bo‘lgan. Kirdim. Keyin-chi? Maqsadim umuman arzimas ekanini tushundim va 2 yilcha yo‘limni yo‘qotib, nima qilishni tushunmasdan yurdim. Oxiri universitetdan ketdim. Keyinroq, shu ingliz tilini bilishim orqali dasturchilikka qadam qo‘ydim. Hamd bo‘lsin — bugun ishimdan baxtliman.

Buning sabablaridan biri — maqsadga yetishmagan bo‘lsam-da, maqsad yo‘lida harakatni boshlaganim: ya’ni ingliz tilini o‘rganganim.

Demak, harakatni boshlasakginagina yo‘lning so‘ngini ko‘ra olishimiz mumkin.

#dailyinsight #oa