Xotiralar.
Qiziqarli xotiralar haqida gap ketganda biz asosan yoshlik-bolalik xotiralarimizni eslaymiz.
U kunlarimiz baxtliroq, u kunlarimiz quvnoqroq o'tardi. Vaqt ham sekin o'tardi, hozirgiga o'xshab bir yil bir oydek o'tib ketmasdi.
Lekin bir narsa, o'sha davrda ham, hozir ham bir kun 24 soattan, bir hafta 7 kundan, bir oy 30-31 kundan, bir yil esa 365 kundan iborat edi.
Qiziq savol tug'iladi, unda nega vaqt tezdek tuyilmoqda.
Javob oddiy: kundalik hayotimizda eslab qolishga arzigulik xotiralar qoldirmayapmiz. Xotira qoldirmayotgan inson esa o'z o'zidan kunini unutib yuboraveradi.
O'tgan 2024-yilning 85% qismi men uchun qanday o'tgani esimda yo'q. Lekin 2 kun do'stlarim bilan tog'da maza qilib dam olganim barcha detallarigacha esimda.
Ishxonad qanday ish qilsam ham, nechta topshiriqni bajarsam ham, nechta yengi narsa o'rgansam ham keyinroq kunim qanday o'tganini eslab qola olmasligim mumkin. Aytib bera olmasligim tabiiy. Ammo teambuildingga chiqib, tog'larni zabt etishimiz, turli intelektual o'yinlar o'ynashimiz barchasi esimda turibdi. 2 yarim yillik faoliyatimda nechta teambuildingda qatnashganimni sanab ham bera olaman. Chunki bular ajoyib xotiralardan iborat.
Shanba - yakshanba kunlarimizni nechtasini film ko'rib, ijtimoiy tarmoqqa sarflab o'tkazib yubordik. Lekin buni o'rniga hech bo'lmasa toshkentni o'zini sayr qilishimiz,masalan botanika bog'ida velosiped uchishimiz mumkin edi. Xotida bo'lib qolardi.
Ramazongacha bir necha martta UzQuizda qatnashib ko'rdim. Adrenalin, xotiralar ajoyib. O'yinga borgan haftamda sal bo'lsa ham rang-baranglik bo'lardi. Huddi butun bolaligimiz turli ranlgardan tashkil topgan "rasskraskaga" o'xshaganidek.
Shuning uchundir, sayohat qiluvchi insonlar o'zlarini hayotlarini bemalol boshqalarga gapirib bera oladilar. Sarguzashtlari bilan bo'lisha oladilar. Umra ibodatiga borgan inson bilan suhbatlashsam, 14 kunlik vaqtini har soatda nimalarga sarf etganini zavqqa to'lib so'zlab berganlari ko'p bo'lgan. U insonlar bilan suhbat chog'ida men ham huddi o'sha manzillarda yurgandek his qilganman o'zimni.
Biz odatiy kunimizni boshqalarga mayli, o'zimizga gapirib bera olamizmi? Bilmadim. Shaxsan menda bo'shliq.
Matnni Shahbozbek Dolimovning kuni kecha yozgan gaplari bilan tugataman:
Hayotimni matohlardan ko’ra xotiralar bilan boyitishni yaxshi ko’raman.