Xorlik
Biz biror insonni xorlikka uchrashini qanday tasavvur qilamiz?
Yirtiq kiyim, o'sib ketgan soqol, to'zib ketgan soch, qo'lda butilka, oilasi tarqoq, o'zi qarzga botgan...Tahminan shunaqa.
Lekin to'rt muchasi sog' va ko'rinishi siz va biz bilan bir xil bo'lgan, ammo xorlikda yashayotgan insonlar serob.
Xorlik shundaki, Alloh ularni befoyda ishlar bilan jalb qilib qo'ygan.
Tasavvur qiling, 1440$ miqdordagi pulni siz o'z farzandingizga yoki uka-singlingizga berdingiz. Shu pulni katta qismini umuman be'mani va manfaati yo'q narsalarga sarf qilsa sizni jahlingiz chiqadimi? Chiqadi. Bundan siz - pul bergan insoningizni aqli pastlikda, moliyaviy savodsizlikda ayblaysiz.
Bir sutkada 1440 daqiqa bor. Magarki siz ushbu daqiqalarni na dunyoyingizga, na oxiratingizga foyda bo'lajak ishlarga sarf etmas ekansiz, Alloh ham sizdan g'azabalandi. Va mana shunday xorlikka soladiki, siz qolgan umringizni ham isrof qilishda davom etasiz. Ul kunda esa yutqazganlar qatorida bo'lasiz.
#dailyInsight