O'ylarim, she'rlarim

Va'siyat (she'r)

Vasiyat

Gar kun kelib yetsa senga o'lmim habari, Yeg'lamagin, bu dunyoda o'tkinchi bari, So'ng ,iltimos, insonlar ketkanda nari, Qabrim ustida sen bir tilovat qilgin.

Munkar-Nakir kelar, savol-javob onlari, Insonga yordam bermas, do'st-yoronlari, Yordam berolsin deya Robbim Kalomlari, Qabrim ustida sen bir tilovat qilgin

Hayot chog'im yetarli qildim gunohlar, Tavbaga fursat o'tdi, kech ohu-vohlar Yonimda qolmagan on, hech bir hamrohlar, Qabrim ustida sen bir tilovat qilgin

Tilovat qil, bo'lar ul kun holimga jabr, Vaqti kelar, gunohlar-chun siqadi qabr, Ketib qolma, iltimos yetkuncha sabr, Qabrim ustida sen bir tilovat qilgin

Don sepib qo'y, oziqlansin qushlar qabrimda, Kimdir borligin sezay, o'lik bag'rimda, O'lish Almiysoqdan bor, bu taqdirimda, Qabrim ustida sen bir tilovat qilgin....

©#oa

03.12.2021