Vaqtni isrof qilmaslik usullari.
Bugun behuda ishlarni tark etish usullari haqida gaplashamiz.
Bular:
Umrni g'animat bilish. Tasavvur qiling, biror universitetga kirishni istagan inson, kirish imtixoni chog'ida, cheklangan vaqtni qanchalik g'animat biladi? Agar o'qish xoxishi yuqori bo'lsa, aminmanki u inson har bir soniyani g'animat bilib, imtixon savollariga javob topishga bor butunlay diqqat qaratadi. Imtixon vaqtida bo'lar bo'lmas ishlarni hayol surib, o'z vaqtini qurbon qilmaydi. Huddi shuningdek, inson - umri ko'z ochib yumguncha o'tib ketayotganini, hayoti yaqin orada tugab qolishini anglashi va ushbu umrdan maksimal foyda olishga intilmog'i lozim. Ana o'shanda, behuda lag'v ishlarga vaqt sarflash aqsliz ish ekanligini anglab yetadi.
Tavba qilib, vaqtni hayrli ishlarga sarf etishda Allohdan duo qilib yordam so'rash. Aniqki, bizni hayrsiz ishlarga faqatgina nafsimiz va shayton undaydi. Banda o'z kuchi, taqvosi ila nafsi va shayton ustidan g'alaba qilishi uchun Robbidan chin dildan duo qilib yordam so'ramog'i lozim.
Foydali ish bilan band bo'lish. Sir emaski, barcha ma'siyatlar insonning bekor bo'lmog'idan kelib chiqadi. Agarki biz o'z vaqtimizni to'g'ri taqsimlagan holda, kunimizni foydali ishlarga to'g'irlab, o'zimizni bekor qoldirmasak, behuda ish qilishga aniq vaqtimiz bo'lmaydi. Vaqtni bekor ketkazmaslik usullari esa serob: sport, ilm olish, oila davrasida maroqli vaqt o'tkazish, silayi rahmga e'tibor berish. Inson qanday qilib faqatgina foydali ish bilan band bo'ladi? Buning javobi:
Hayotga aniq maqsad qo'yish. Ushbu qism vaqtni isrof qilmaslik yo'llarini eng muhimi desak yanglishmaymiz. Hayotida aniq rejasi, maqsadi bor inson tabiiyki ushbu maqsad yo'lida jiddu jahd qiladi. Maqsadiga erishish yo'lida ko'p narsaga qarshi boradi. Ba'zilar uyqusidan ham voz kechadi. Uyqusidan ham voz kechadigan inson esa tabiiyki kunduzini g'animat biladi. Demak, vaqtni behuda sarf etmaslikni eng asosiy ustuni bu hayotga aniq maqsad qo'yishdan iborat.
#dailyInsight