O'ylarim, she'rlarim

Vaqt ajratish.

Husayn Ibn Ali Roziyallohu anhudan kelgan hadisda Ali Ibn Tolib Rosululloh sollollohu alayhi vasallamni uyga kelgan paytda ishlarini taqsimlashlarini quyidagi qismlarga bo'lganlar.

Sahobiy Roziyallohu anhumdan kelgan savollarga, boshqa masalalarga - o'zlari uchun taqsimlagan vaqtdan vaqt ajratganlar. Ya'ni, ahliyalari yoki ibodat uchun ajratilgan vaqtdan emas. Demak, mana shunday qilish bizga ham sunnat.

Ya'ni aytaylik, har kuni oila davrasida kitob mutola qilish odatingiz bor. Tahminan 30 daqiqa.Va yana har kuni bir juz Mus'haf o'qish rejangiz bor. Va so'nggida o'zingiz uchun vaqt ajratgansiz: dam olish, kino ko'rish yoki shunga o'xshash.

Qandaydir sizdan vaqt talab etiladigan ish sodir bo'ladigan bo'lsa, biz u ishga o'z vaqtimizdan ajratishimiz, oilamiz va ibodatimizni esa o'z tempida davom ettirishimiz kerak bo'ladi. Ya'ni - bugun uyga kech keldim, oilaviy dars qiladigan vaqtimiz o'tib ketdi - demasdan, oila va ibodatga ajratilgan qismdan ko'ra, o'sha dam oladigan vaqtingizdan ayirishimiz kerak.

Jum'a muborak.

#dailyInsight