O'ylarim, she'rlarim

Uzlat manzili

Ba'zan qalbingiz hilvat xoxlab, yolg'izlikni qumsab qoladigan, «Qani bir g'or bo'lsa-ku, uni ichida yolg'iz qolsam» degan holat sizda ham bo'ladi-mi?

O'sha onda eng qo'l keladigan usul bu Sajdaga bosh qo'yish, zikr bilan mashg'ul bo'lish, Qur'on tinglash yoki tilovat qilish ekanligini ko'p joyda o'qigandursiz....

Men yana bir usulni taklif qilaman, (sinalgan). Qalbingiz shu holatga tushganda onangizni qattiq quching, bag'irlariga kirib orom oling, yuraklari urishini eshiting.... Shunda ota-onangiz bag'ri istalgan yolg'izlikdan afzal ekanligini tushunib yetasiz....