O'ylarim, she'rlarim

Telba

Yashashni tanladim, bo'lib telbadek,

Ustimdan kularlar, siqarlar ammo,

Baxtliman, bor budim uyim kulbadek,

Sog' bo'lsam boshimdan ketmas muammo.


Boy bo'ldim, ketti lek qalbda halovat,

Kambag'al yashadim, totmadim ovqat,

Har inson, har holat roliga kirdim,

Menga ma'qul keldi telbalik faqat.


Pulim qiziqtirmas, qiziqmas kiyim,

Hech kim do'st tutunmas manfaat uchun.

Sohtalik qilishmas, foydam bir tiyn,

Shundaykan telbalik yomondir nechun?


Suhbatdosh bo'ladi go'zal qalblilar,

Samimiy ularda har bir tabassum.

Darddoshim bo'ladi o'xshash dardlilar,

Ko'zidan ma'lumdir, ular chin ma'sum.


Telbalik hayoti o'zgacha ajib,

Buni his qilmassan gar yashamasang.

Qanday telbanamo bo'lasan axir,

Dunyo tashvishidan hech bo'shamasang?