Sukunatni tinglang
"Sukunatni Eshiting"
Hozirgi kundagi eng asosiy muammolardan biri — hamma o‘z fikrini hech qanaqa chegarasiz e’tirof etishi (shubhasiz, man ham shunday).
Shu qatorda ilmi bor yoki yo‘q insonlar istalgan narsada o‘zini haq deb da’vo qilishi odatiy holga aylangan. Xoh ijtimoiy tarmoqda, xoh hayotda: "bilmiman" degan so‘zni ishlatadigan odamni topish mushkul bo‘lib qoldi. Shuning uchun hamma bilag‘on va hech kim bir-birini eshitmay qo‘ydi.
Aslida, teskari bo‘lishi kerak emasmidi?
Rumiy bobomiz etganlaridek: "Jim bo‘lganing sari ko‘proq eshitishni boshlaysan."
Chindan ham, og‘zingizdan chiqayotgan jumlalar kamaygan sari, miyangizda bor resursni o‘ylab, tafakkur qilishga, atrofni tadbiq etishga sarflayotganingizni sezishingiz mumkin (balki shunday bo‘lar).
Kamroq gapirishni boshlaganimizda, biz nafaqat atrofni, balki sukunatni ham eshitishni boshlaymiz.
Kanalda mavjud aka-uka birodarlarimga maslahat: Biror kun masjidda peshindan asrgacha barcha gadjetlarni o‘chirib qo‘ygan holda o‘tirib ko‘ring. Ko‘zni yumgan holda hayotingizni bir boshdan tadbiq qiling. Hech kim bilan gaplashmang. Ana shunda siz ichki olamingizni eshitasiz.
#dailyinsight #oa