Status va tabiiy o'yinlar.
Hayotimiz o'yindan iborat.
Navalning tabiri bilan aytganda ikki xil: status va tabiiy o'yinlar.
Status o'yinlar ko'pchilik bilan o'ynaladi, zero-sum, omma tomonidan baholanadigan o'yinlardir. G'alabadan so'ng olqish, sovrin, e'tirof olishingiz mumkin, uyog'i bo'shliq. Tabiiy o'yinlar esa bir inson tomonidan o'ynaladi va g'alabani ichki me'zoningiz aniqlab beradi. Avval biroz og'riq - keyin sog'liq, bilim, osoyishtalik olasiz
- Naval Ravikant.
Yashash davomida, insonlar katta o'yin ichida yashayotganini his qilishmaydi. Faqatgina ma'lum toifa insonlar his qilishadi, ammo aynan qaysi o'yin haqida gap ketayotganini anglamagan xolda.
Lekin sizning butun hayotingiz — yo‘lingiz, boyligingiz, tinchligingiz, ma’noyingiz — aynan shunga bog‘liq: status va tabiiy o'yinlarga.
Ular tashqaridan bir-biriga o‘xshab ko‘rinishi mumkin: har ikkisi mehnat, mukofot va tasavvur bilan bog‘liq.
Ammo bittasi uzoq muddatda ichki bo‘shliq beradi. Ikkinchisi esa haqiqiy boylik — nafaqat moddiy, balki ruhiy va hissiy ham.
Keling, ularni batafsil ko‘raylik.
Status o‘yinlari: ko‘p o‘yinchili, zero-sum, nazorat ostida.
• Status o‘yinlari — ijtimoiy musobaqa. Maktabda, ishxonada, internetda o‘ynaladi. Maqsad — biror reytingda yuqoriga ko‘tarilish, odamlarning maqtovi, ahamiyatli ko‘rinish, boshqalardan “yaxshi” bo'lish.
Bu o‘yinlar shunday xususiyatga ega:
• Omma bilan o'ynaladigan: O‘ynash uchun sizga boshqalar kerak. Siz yutishingiz uchun kimdir yutqazishi kerak.
• Zero-sum: Kimdir birinchi bo‘lsa, boshqasi bo‘lolmaydi.
• Tashqi baholash: Baho, unvon, layk, olqish, "ptichka", lavozim — boshqalar sizni “g‘olib” deb tan olmasa, siz g‘olib emassiz.
Qisqa muddatda yoqimli, uzoq muddatda bo‘sh: Dopamin hozir — ichki bo‘shliq keyin. Chunki qancha ko‘tarsangiz ham, narvon tugamaydi.
Odamzot unutguvchi. Olqish tugaydi. Unvon ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Siz esa charchoq, tashvish va qum ustiga qurilgan hayot hissi bilan qolasiz.
Tabiiy o‘yinlar: faqat siz o‘yinchi, ichki hakam.
Tabiiy o‘yinlar odamlar bilan emas — haqiqat bilan o‘ynaladi.
Ular:
• Yakka o‘yinchi: Muvaffaqiyatingiz faqat sizga tegishli. Hech kim yutqazishi shart emas. Siz qiymat yaratsangiz, dunyo ham yutadi, siz ham o‘sasiz.
• Ichki hakam: Siz o‘sayotganingizni o‘zingiz his qilasiz — ko‘nikmalar chuqurlashadi, fikringiz ravonlashadi, hayotingiz yaxshilanadi.
Avval qiyin, keyin rohat: Avval intizom, sukut, mehnat, kurash. Keyin boylik, sog‘liq, ilmiy ko'nikmalar va chin muhabbat.
Bu o‘yinlarni odamlar emas, tabiat baholaydi:
— Bozorda mahsuloting ishlaydimi - aytadi. — Tana odatlaringni ko‘taradimi - bildiradi. — Aqling o'ylaringga chidaydimi - his qilasan. — Farzandlaring sizning mehringizni sezadimi - ko‘rsatadi.
Olqish shart emas.
Biz baribir o'yindamiz. Faqat qaysi qoidalar bilan? Yetishib bo'lmaydigan status o'yinimi yoki biz rivojlanadigan, bizni rivojlantiradigan tabiiy o'yinmi?
Tabiiy o'yinda ishtirok eting. Bugun izlaning, kurashing (nafsingiz bilan), yuzaki emas, asl kuchli inson bering.
Omma ko'rinishga qarab baho beradi, hayot esa botiningizga.
- Tarjima maqola.
@tweetsByMe