Solishtiruv
Odam o'zidan "tepaga" boqib, moddiy yoki ilmiy jihatdan o'tib ketganlarni o'ylab havas qiladi. Qaysidir o'rinda esa hasad. Hasad ehtimoli yuqori (O'zimdan kelib chiqqan xolda etaman). Nafs kichkinagina teshik topib bo'lsa ham nafsligini qiladi. Juda mushkul.
O'zimizdan "pastroqqa" qarab esa shukur qilamiz. Va ayni shu lahzada qalbimizda kibr paydo bo'lib, boshqalardan o'zimizni ustun ko'ra boshlimiz. Ongimizda esa o'z ustimizda ishlashga bo'lgan ehtiyoj pasayishi mumkin. "Erishib bo'ldim, endi dam olaman" degan ma'noda.
Ko'rvossizmi? Ikki jihatdan ham foyda olish barobarida, gunohga botib ziyonga kirishimiz mumkin.
Qalb ishi shunaqa, juda katta mashaqqat talab qiladi. Shuning uchun ham dinimizda nafs tarbiyasiga juda katta urg'u beriladi.
Shuning uchun ko'p bor ta'kidlaganimdek, eng zo'r solishtiruv - kechagi o'zingizga nisbatan bo'ladi.
#dailyinsight #oa