O'ylarim, she'rlarim

Soliha juft istagan bir gunohkorman (she'r)

Yarim tunda she'r yozmoqqa oldim bir qalam,

Bu she'rimda uchraydi, ozgincha alam,

Axir bir-bir orzu qilib turaman manam,

Ahvolimni sezib, bir orzu-la abgorman:

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


"Solihalar-Solihlar uchun" bilaman,

Har kun Solih bo'lishga umid qilaman,

Lek gunohlarni eslab yurak tilaman,

Robbimning huzurida holi abgorman,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


O'ylamay deymanu, hayol tinch qo'ymas,

Omar Aka hikoyasiga yurak to'ymas,

Menga Iymoni muhim, chiroy yo bo'ymas,

O'z holimga boqib, achindim takror man,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


Orzum birga tahajjudda bo'lsaydik qoim,

Har tunda shu holat hayolda doim,

Shu holatni nasib ayla yo Rob Iloyim,

Bunga loyiqmasman, o'zim iqrorman,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


Yana orzum, mahrga so'rasa kitob,

Kitob emas kutubhona berardim hisob,

Qalbim "Voyey yoqdi-ku" deb qilar hitob,

Ilm uchun bariga rozi, tayyorman,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


Demasin, «Shartmas hizmat qilish qaynonamga,»

Kelin emas qiz bo'lsin deyman onamga,

Sevib hizmatin qilsin yagonamga,

Ota-onam rozi bo'lsa men baxtiyorman

Shunday «Soliha juft istagan gunohkorman»


Farzandlarni ulg'aytirsak saodat ila,

Qur'on, hadis ilmin bersak qanoat ila,

Farzandlarimiz ulg'aysa Robbini bila

Shunday orzu qilganlar ila hamkorman,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


Hatmonalar qilsak, Kalomullohni,

Birga ziyorat qilsak Ka'batullohni,

Ravzalarida bo'lsak Rosulullohni...

Shu ne'matlaridan umid qilib Allohni,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


Aminman, Robbimning marhamati keng,

O'zim isloh qilaman, shart shimarib yeng,

Nasib ayla, bo'lsin misli "Sakiynaga" teng,

Usmondayin bo'lmasam ham, yaxshi niyat deng,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


Ko'zim tiyib nomaxramga tashlamam nigoh

O'zim shahvatdan tiyaman, bo'lguncha nikoh,

Soliha yor kelib qalbni qilguncha isloh,

Robbim marhamatingdan madatkorman,

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»


O'z holimni bilaman, Iymonda nuqsonlar bor,

Ba'zan tuyilar nuqson kattaligi misli g'or,

Ammo iymmonning yarmi dedilar: "Soliha yor"

Yo Rob, Iymonim butun qilgin, Umidvorman

«Soliha juft istagan bir gunohkorman»...