Sizni sog'ingandan yo Rosululloh (she'r)
Ko'zni yumdim sizni ko'rmoq niyatda,
Yurak og'rigandan yo Rosululloh,
Yuragim og'rir faqat yagonda dardda
Sizni sog'ingandan yo Rosululloh...
Hech inson siz kabi sog'inilmagan,
Biz kabi sog'inchda qovurilmagan,
Tunlari Qur'on-la ovunilmagan,
Sizni sog'ingandan yo Rosululloh...
Sizdan keyin Azon aytmadi Bilol,
Madinaga uzoq qaytmadi Bilol,
Bilolning Azonin sog'indi Hilol,
Sizni sog'ingandan yo Rosululloh...
Bir kun Bilol Madinaga qaytganda,
Bomdod namoziga Azon aytganda,
Tohtadi deb Muhammadur-Rosululloh,
Sizni sog'ingandan yo Rosululloh...
Bilolning Azonin eshitgan omma,
Yer bo'lib yugurdi, yeg'ildi hamma,
Qaytdingiz deb o'ylab chekdilar oh-voh
Sizni sog'ingandan yo Rosululloh...
Balki men Bilolday sog'inolmasman,
Hasaningiz ko'rib ovunolmasman,
Lek sog'inganimga guvohdir Alloh
Sizni sog'inganman yo Rosululloh,
Sizga jon fido yo Rosululloh...