Satirik she'r
Qo'shnim bor, bizdan bir
Qavat tepa turadi.
Mahallada ne gap bor,
Barchasini biladi
Tunov kuni uyiga,
Chaqirdi hizmat bilan,
Ovqat taklif qilgandi,
Rad etdim izzat bilan.
Keyin maqsadin aytti:
"Kompyuterim eskiroq,
Yaxshi ishlamayapti,
Tushunasiz-ku biroq.
Qarab bering ne kerak,
Eski temir «janvarga»,
Yangisini olaman,
Yetib olsam yanvarga"
Ho'p dedim va sistema,
O'rnatishni boshladim,
Internet sekin, kutib,
Esnab ko'zim yoshladim.
Shu on nogoh balkonga,
Ko'z tushdi yumush bilan,
Ona «Yor-yor» ko'rardi,
Qizchasi Kumush bilan.
Zerikishdan eshittim,
Televizor ovozin,
Eshitib rosa kuldim,
30 yoshli qiz nozin.
Dedi «gar xohlasangiz,
Topmoq men-la kamolat,
Avvalo haydashimga,
Oberasiz «Kabolat».
Ovqat qila bilmayman,
Xushlamayman oshxona,
Chorva nima bilmayman,
Aslo bo'lmas molxona.
Shaxarda ulg'ayganman,
Qilmasdan hech bir mehnat,
Qilmoqchi ham emasman,
Erim ko'rsatsin roxat.»
Keyin bir erkak chiqdi,
Deb xotinim urardi,
Kechasi ishdan kelsam,
Qo'lda tayoq - turardi.
Ne ish qilgansiz debon,
Savol berdi boshlovchi,
Shu onda javob keldi,
Ko'zlarni xoo'p yoshlovchi.
Aytdi: «Bir seh bor edi,
Algoritm yo'lida,
Men rahbarlik qilardim,
Qaynatamni qo'lida.
Qiziga uylanguncha,
Deyarli edim ishsiz,
Uylanmasam bo'larkan,
Kaltak yedim ko'p essiz.»
Dedim sen ham erkaksan,
Shu nomga munosib bo'l,
Latta chaynayverma-da,
Ko'rsatuvga chiqmay o'l.
Gar xotin kerak bo'lsa,
Yubor amma-xolangni.
Surishtirsin, ishga sol,
Amaki yo tog'angni.
Sovchilikka uyma-uy,
Yurilar bu millatda
Televizordan toparmish,
Buyam bitta illatda😒
Shunday axlatlar bilan,
To'ldirilsa xalq ongi,
Ravnaq topib ketarmu,
Kelajak erta tongi?
Qiziq, shular bo'lmasmi,
Ko'rsa manfaat bo'luvchi,
Ko'rsatuvlarni topib,
Zakovatmi, Yo'lovchi...
Keyin chundim har inson,
Ko'rar aqliga ko'ra,
Kim istasa shu axvol,
Kimdir manfaatga to'la.
O'tirganimda she'rga,
Qilib ko'rsatuv «тема»,
Vanihoyat kompyuterga,
O'rnatildi sistema.
Uyga chiqdim, oilam,
Televizor ko'rardi,
Telekanal belgisida,
Azon Tv turardi.
Shukr qildim Robbimga,
Yuritib biroz fikrat,
Oilamdan mosuvo,
Etmaganiga fitrat.
Vanihoyat bu she'r ham,
Nihoyasiga yetdi,
She'r bitguncha Kumushoy,
Erga ham tegib ketdi😂
Misramda ko'rsatuvni,
Urdim xo'p obdon yerga,
Netay axir bir g'oya,
Kerak edi-da she'rga)
Tugadi!
© #oa (o'zimde🤓)