Robbim darig' tutma rahmat (she'r)
Har bosganim bo'ldi xato,
Sig'inganim dunyo, mato,
Tushundim, bo'libman ado,
Lek bir umidim bor faqat,
Robbim darig' tutma rahmat.
Bir pok amal yo'q qo'limda,
Hayr yo'q bosgan yo'limda,
Endi mo'minlik yo'lin-da,
Nasib et, chekayin zahmat,
Robbim darig' tutma rahmat.
Bor bilganim bir istig'for,
Va salovat takror takror,
Aytdim, yolvoraman Jabbor,
Shafoat etsin ul Ahmad,
Robbim darig' tutma rahmat.
Tavba qildim, gunohkorman,
Jumla aybimga iqrorman
Yolg'iz Sendan umidvorman,
Jazo berma, qilgin shafqat,
Robbim darig' tutma rahmat.
© #oa 04.04.2025--08:34