O'ylarim, she'rlarim

Rashk (she'r)

Rashkim kuchli, bu baland-parvoz,

So'zlar emas oddiy qog'ozda,

Qizg'onaman, gar tegsa sovuq,

Qizg'onaman quyoshdan yozda.


Rashk qiynaydi kun o'tgan sayin,

Hech tinch qo'ymas, hoh tun hoh nahor,

Axir har kun yuzingni mayin,

Silab o'tmoqda fasli bahor.


Silaganda yuzingni asta,

Mayin havo kelib shimoldan,

Rashkim kelar axir bir pasda,

Qizg'onaman hatto shamoldan


Chakkanga gar qo'ndirib olsang,

Dushmanimga aylanadi gul,

Gulga biroz sevgingni solsang,

Rashk-la jangga shaylanadi gul.


Mayli, harkun teg asabimga,

Latoif qilib ayt ishqimni,

Lekin sendan birgina talab,

Atayin sinama rashkimni

©#oa