Qisqa she'rlar
1)Ustamiz qilishga nasihat,
Hatto bera olamiz dakki...
Ammo so'zimizga qilib pand,
Amal qilmasligimiz chakki.
2)So'raldi qush: zulmat yuki-la,
Qanday muallaq uchmoqligin.
Javob qildi qush bir termula:
"Yerda sevgimni asrash qiyin"...
- Bugun ma'yusroq tuyildi azon,
"Alvido", "Alfiroq" aytildi tasbeh.
Balki endi hech qaytmas Ramazon,
Balki bu biz uchun so'nggi taroveh.
- So'radim qandayligin, eng shafqatsiz o'limni,
Aytdi: tutmay halok bo'lsang sof hidoyat yo'limni.
So'radim yo'li qandoq, bu azobning yakuni?
Aytdi: Bir bor ko'rmog'ing, Nurim qiyomat kuni.
Version 2
So'radim o'limning eng shafqatsiz turini,
Aytdi: bilmasdan o'tmoq, mening ishqim nurini.
So'radim yo'li qandoq, bu azobning yakuni?
Aytdi: Barchasi tugar, sen menga qaytgan kun
- Bugun payoniga yetmoqda bahor,
Qiziq, seni yana ko'rarmikinman?
Martning ilk kunida, erta-tong, nahor,
Men yana dunyoda bo'larmikinman?
- Avgust tugatgancha faslini,
Sentyabrga uzatar sozni,
Izlayverib baxtning aslini,
Qurbon qildik qish, bahor, yozni.
- Darding bo'lsa ochilgin menga,
His qilaylik ikkimiz tengga,
Begonamasman-ku men senga,
Mahzunligingdan qalb surursiz,
Go'yo tikanman, atirgulsiz...
- Baxtim senla oshkor qilmoqni istagandim,
Chaqirdim, "baxtlisan, kelmayman" deding,
Mudroq ko'ngilimni vasf qilmoqni qistagandim.
Bir yo'qlamay necha bedor tunlarni "yeding",
Mana hozir g'amginman, dardlarim to'la,
Lek darak yo'q, bo'lmayapsan qalb tasallisi,
Parvosizligingla azoblab sen bir yo'la,
Qiynayverma, kelaqolgin ilhom parisi.
- "Qora tun, Ko'zda yosh-la qilinar Sujud*"
Qalblar taskin oladi, o'qib Tahajjud