O'ylarim, she'rlarim

Qalbimga muhabbating jo qil Ya Alloh (she'r)

Har ishga qo'l urdim, qaytmadim hech ham,

Neligin bilmasdan ko'p qildim gunoh,

So'ngra bildim yo'lin qalbni qilmoq xotirjam,

Qalbimga muhabbating jo qil ya Alloh


Ishq deyishsa tushundim, nomaxram zotin,

Qo'l ushlashib yurmoq-u, bo'lmog'in xamroh,

Bildim, asl ishq emas xattoki xotin,

Qalbimga muhabbating jo qil ya Alloh


Navoiyni o'qiganda tushunmasdim hech,

Ishq haqida baytlarini yod olsam goh-goh,

Asl maqsad angladim, bo'lsa hamki kech,

Qalbimga muhabbating jo qil ya Alloh.


Baxti nasib etsaydi Rumiy vasf etgan,

Ishqni chin his qilmoqlik, axir men gumroh,

Robbim, sening yo'lingda o'zlikdan kechgan,

Qalbimga muhabbating jo qil ya Alloh....


To be continued in shaa Alloh