O'ylarim, she'rlarim

Qalb va Aql tanlovi

Aql va Qalb.

Bugun qalb va aql o'rtasidagi tanlov haqida biroz fikrlashamiz.

Ko'proq nimaga quloq solar ekanmiz, qalbgami aqlgami? Buni biz tanlovlarimiz orqali ham bilib olishimiz mumkin.

Vitaminlarga boy taomlarni iste'mol qilish organizm uchun foydali ekanligini aql-idrokimiz tushunadi Alhamdulillah. Ammo tanlovchi? Asosan Fast-food. Zararli ekaniga aqlimiz yetadimi? Ha, lekin qalbimizdagi ishtaha tufayli aqlimiz yetgan vitaminlarlardan voz kechamiz.

Keling shu joyida kelishib olamiz, qalb deganda nafsni tasavvur qilib ketishingiz mumkin.

Ertalab tongda tursangiz kuningiz barakaga to'lishiga aqlingiz yetadi, ammo boshqa a'zoyingiz uxlashni afzal ko'radi.

Ba'zilar musiqani "qalbi taskin topishini" aytib eshitadi. Ammo o'zi ham bu yolg'on ekanligiga ishonadi.

Inson ongli mavjudod. Yuqorida keltirilgan va keltirilmagan jamiiyki narsalarning foydasini, yaxshiligini anglab yeta oladi, ammo qalb deya atalmish jism buning mutlaq teskarisiga chorlaydi. Najib Mahfuzdan iqtibos keltiraman:

Biz aqlning tanlovi ko'proq to'g'ri bo'lishiga ishonsakda, bizga qalb tanlagan narsalardan voz kechish qiyinlik qiladi.

Buning yechimlaridan biri sifatida aql va qalbni o'zaro qovushtirish keltiriladi. Ya'ni aql ham qalb ham mutlaq tasdiqlaydigan, kishini ham aqlan ham ruhan huzurga qovushtiruvchi mutlaq haqiqatga yo'naltirishdir. Uning uchun esa biz avvaliga qalbga emas, aqlga manzur bo'ladigan ishlarni amalga oshirib, biroz nafsni qiynashimiz darkor. Mana shu orqali qalbdagi chirkinliklar tozalanib, aql haq deya aytayotgan narsaga qalb ham ko'nika boshlaydi va shu orqali ular uyg'unlashadi.

Buni sinab ko'rganlar misol qilib keltira oladi. Axir chinakam Haq ishda qalb ham idrok ham tetiklashadi.

Masalan masala yechish, biror kimni orasini isloh qilish. Foydali ilm olish. Qur'on o'qishda ham shu narsani his qila olamiz.

Demak xulosa qilib aytadigan bo'lsak, qalb va aql o'rtasidagi ilk bosqichda aqlga tayanib ish ko'rish to'g'ri ekanligiga ishonchimiz komil bo'lgan ong ana shu ishg qalbni ham majburlashdir. Keyinchalik ular o'zaro murosaga kelishib ketishadi:)

#dailiyinsight #oa