Otabek akaga hazil she'r
#hazil_sher
Bir akam bor yoshlari,
Ketti o'ttizga qarab,
"Eh qachon uylanaman?"
Deb uyg'onar ertalab.
Oldinlari hazilkash,
Doim kulib yurardi,
To'y desak gapni darhol,
Boshqa yoqqa burardi.
Uyim-joyim deydilar,
Ishlaydilar «Qamar»da,
Kitob do'kondan emas,
Topasiz mushkanbarda.
Do'konga borsam doim,
Kulib kutib oladi,
To'y degan gapni aytsam,
Dardin to'kib soladi.
Taniganimdan beri,
Yeg'arlar "Hadis-Hayot",
Bittasin bering desam,
Der : "Bu mahrga voydod".
Ha aytgancha, yigitning,
Ismlari Otabek,
Millatini bilmayman,
Menimcha toza o'zbek)
Kutaverib sochlarga,
Tushmasidan oq tola,
Baxtlari bir ochilib,
Uylansaydilar zora😅
Mayli, hazl-hazl-ku,
Eski gapga qaytaman,
Gar shu yigit uylansa,
Albat to'yga aytaman)
Ha aytgancha:
Oq otda shahzodasin,
Kutayotgan qizlarga:
Mana o'zin kanali (http://t.me/khoqandiy),
Ilindim men sizlarga)
©