Ona bo'lishdan sharafliroq?!
"Ayollar ona, xotin va qiz bo'lishdan ko'ra ko'proq narsaga qodir va ular atrofidagi dunyoni shakllantirish imkoniyatiga ega", — deb yozibdi LinkedIn’da bir qiz.
Qiziq? Ona, turmush o‘rtoq va qiz bo‘lishdan-da mas’uliyatli hamda ehtiromli biror kasb yoki soha mavjudmi? Qaysi joyda onaga, qizga, ayolga bo‘lgan qadr va ehtiromni his qilish mumkin deb o‘ylaysiz?
Har qanday joyda ishlang, har qanday katta lavozimda ishlang, lekin u yerda siz ketganingizda o‘rningizni to‘ldirishadi. Shuncha qadrlanasiz – o‘rningiz qadar. Sizdan oldin bo‘lgan kompaniya, sizdan keyin ham bo‘ladi.
Ammo siz oilangizda qadr topa olsangiz – siz vafot etganingizdan keyin ham doimo ular bilan birgadir siz. Qalban. To‘g‘ri, sizsiz ham hayot davom etaveradi oila a’zolaringiz uchun, ammo ularga doim nimadir yetishmaydi. O‘sha nimadir bu – SIZ!
Oiladan ko‘ra karerani ustun qo‘yib qo‘ygan qizlarga bir narsani aytmoqchiman. Umuman, hammaga desam ham bo‘ladi: Agar oiladan ko‘ra karerani afzal bilsangiz, uzoqroq yashab, qariganingizda, qayergadir borsangiz yoki qaysidir davlatdan qaytib kelsangiz, aeroportda o‘z ota-onasini, juftini kutib olish uchun chiqqan insonlarni ko‘rib baribir afsus chekasiz. Chunki sizni uyda faqatgina pul yoki tashakkurnomalar kutib olayotgan bo‘ladi.
© #oa