O'ylarim, she'rlarim

Nuqtai nazar

Hayotini, yashab turgan qobig'ini o'zgartirishni istaydiganlar uchun bir maslahat:

Bu juda muxim ko'nikma va juda ko'pchiligimiz ushbu ne'matdan mosuvomiz. Shuning uchundir balki, barcha ishlarga o'z nuqtai nazarimizdan fikr bildiramiz. Boshqalarni o'ylamagan xolda, anglamagan xolda.

Nega uylanmayapti? Yoshi 30 ga kirib qoldi.

Nega sovchilarni rad etaveradi. O'tirib qoldi.

Nega haligacha uy olmadi, pul yeg'ib olsa bo'ladi-ku. Bularni o'zi tanbal.

Nega bu ishdan bo'shadi, buncha o'zini yuqori olmasa.

Ishoning, 98% holatda shu sovol beriluvchi insonning o'ziga yarasha sababi bo'ladi.

Kimdirga itoatli ayol bo'lishni istaydigan qiz chiqmas, kimdirga ilmni qadrlaydigan yigit. Boshqalarni uy olishga yetarli quvvati yo'q, riskka borgisi kelmas. Yana birini ishida muhit yaxshimasdir.

Bu meni nuqtai nazarim bo'yicha rad etishga arzigulik sabablar.

Umuman boshqa mentalitet va fikrlashi mutlaq o'zgacha insonlar uchun esa itoatli ayol bo'lishni istaydigan qiz, ilmni qadrlaydigan yigit o'lchovlarga mos emas.

Eng oddiy misolni keltirsam, butun dunyo bo'yicha eng ko'p bahslarga sabab bo'ladigan mavzu: BMW yoki MERS, Ronaldu yoki Messi. Shu to'rtovlonni barchasi o'z jabhasida eng kuchlisi. Shunchaki turfa xil sifatlarga ega. Kimgadir mashinada sport yoqsa kimgadir komfort. Kimgadir Ronalduning professionalizmi yoqsa kimgadir Messini kamtarligi.

Shunchaki bir narsani anglab yetishimiz kerak. Dunyo bizni atrofimizda aylanmaydi. Biz uni qoq markazi emasmiz. Boshqalar bizni fikrimizni haq deb qabul qiishini kutmasligimiz kerak. Boshqalarni nohaq deya atamasligimiz kerak. Aslida biz termulayotgan osmon bir. Farqimiz - barchamiz turfa xil ko'zoynak taqib olganmiz.