Nomsiz she'r
Yashaging kelmaydi, ba'zida hech on,
So'raysan Robbingdan joningni olmoq,
Senga torlik qilar, dunyo, to'rt tomon,
Go'yo mazmunsizdir, hayotda qolmoq.
Ba'zan ketging kelar, baridan qochib,
Yer uzra aylanib, butun olamda,
Yoki dengiz bo'ylab, dardingni sochib,
Kezsayding anduxga yutun olamda.
O'ylaysan, "shumidi men ko'p istagan,
Dunyo deb atalmish g'alati makon,
Endi bu yerlardan ketgim qistagan,
Tushmasdim qorindan bo'lganda imkon."
Har yondan berilar hayot zarbasi,
Bariga chidashga topolmaysan kuch,
Anglaysan yoshlikda qilingan orzu,
Ro'yob bo'lavermas, ko'pi oddiy puch.
Omading hech kelmas, huddi u senga,
Tuyilar mutlaqo begona asli,
O'ylaysan balki u keladi faqat,
Bo'lsa gar badavlat otangni nasli.
Izlaysan o'zinga yupanch bir xona,
Huzur topolmassan do'stning to'ridan,
Kimdan so'ramagin, javob baxona,
Ular do'st tutadi, o'zdan zo'ridan.
....Xullas ne bo'lsa ham ba'ri taqdirdan,
O'zingdan o'tganni anglamas birov.
Qismatga tan berib yashab haqdirsan,
Qiynalmoq bu asli ne'mat va sinov.
© #oa 20-12-2023 09:46
@tweetsByMe