Muhabbat
Muhabbat.
Yo'q, aslida muhabbat siz-u biz eshitayotgan qo'shiqlarda madh etilayotganidan anchagina keng va murakkab tushuncha.
Kechirayotgan hayotimizni asli muhabbat asosida qurilgan. Sizni yashashga majbur qilayotgan narsa ham aslida muhabbat: hayotga, oilaga, farzandga, kasbga. Qalbimizdagi muhabbat aslida 5 mahal bizni joynamozga yetaklab boradi.
Qilayotgan ishizda unumdorlik bo'lishi ham muhabbatga bog'liq. Kasbizni, hunarizni sevmasez undan na siz, na o'zgalar manfaat ola bilmidi.
Yakshanba kunlari ham o'z kasbini o'rganib, o'z ustida ishlidigan insonni bu narsaga faqatgina muhabbat majbur qila oladi. Yo'qsa nima, hech kim uni uyda qilayotgan ishi uchun pul to'lamidi-ku?
O'tgan kunlar romanini 1 betini o'qish uyga vazifa qilib berilganda, kitobni so'nggigacha bir necha marotabalab o'qishga muhabbat majbur qiladi.
Muhabbat har qanaqa foydadan ustun.
Allohga muhabbat qo'ygan inson uchun yolg'iz qolganda nafs bilan kurashish fojea emas. Chunki u boshqa holatda ham gunohni odamlar ko'rmasligi uchunmas, Allohga bo'lgan muhabbati tufayli ado etadi.
Badr jangida qatnashgan musulmonlarga bundan buyog'iga istaganini qilish mumkinligini, Alloh ularning barcha gunohlarini kechirishini aytishgan. Xo'sh, ular badrdan so'ng ma'siyat qilishga o'tdilarmi? Aslo, iymonlari, taqvolari ziyoda bo'lsa bo'ldi-ki ammo biroz bo'lsa ham kamaygani yo'q. Nega? Chunki ularni qalbida Allohga muhabbat boshqa jamiiy ishlardan afzal edi.
Demak, biz ham barcha ishimizni U Zotga, kasbimizga, oilamizga bo'lgan muhabbat asosida quradigan bo'lsak, natijalar yaxshi bo'lishidan tashvish chekmasak ham bo'ladi.
#dailyinsight #oa