Mohi ramazon (she'r)
Oz qoldi erta tong sahar turishlar
Muborak oy quvonchiga sig'may kulishlar
Gar Allohim bizlarni yetqazsa omon,
Oz qoldi, kelmoqda Mohi Ramazon
11oydan beri seni kutyapmiz
Sog'inch ko'z yoshlarin ichga yutyapmiz,
Bu sog'inchimizga yagona darmon,
Oz qoldi, kelmoqda Mohi Ramazon
Sog'indik jamoat-la taroveh o'qish
Sog'inchimiz kuchli chunki o'tti yozu qish
Robbimiz bu baxtni qilmasa armon
Oz qoldi, kelmoqda Mohi Ramazon
Bayting to'lib toshgandi, Xatm-u Qur'onda
Mo'minlar sobit turib, ul on Iymonda
Yuzming inson jam bo'lgandi, bu ham in'omda
Oz qoldi, kelmoqda Mohi Ramazon
Oz qoldi, shaytonlar zanjirband bo'lar
Iymon kuchin ko'rgandan, shaxvat, nafs o'lar
Bu qalblar Iymon lazzati ila to'lar
Oz qoldi kelmoqda Mohi Ramazon
©#oa 22.02.2021