Metrodaman, Chorsu bekati (she'r)
Metrodaman Chorsu bekati,
Yodga tushding yana nogaxon,
Eslamaslikni istagandim,
Lek unutib bo'lmaskan ishon
Metrodaman, Chorsu bekati,
Unutilmas manzil to abad,
Chunki shu yerda his etgandim,
Neligini asl muhabbat.
Metrodaman, ushbu bekatda
Aytilmagan qalbdagi so'zlar,
Hayo qilib, hech boqmagandik,
To'qnashmagan o'zaro ko'zlar.
Jismimdagi qalbim parchasin,
Shu bekatga ketgandim tashlab,
Ba'zan qumsab barcha barchasin,
Qiynalaman, men qalbsiz yashab.
Metrodaman Chorsu bekati,
Bir narsani angladim shu chog',
Sen men uchun hech kim bilmagan,
Qalbimga muxrlangan bir dog'.
Metrodaman Chorsu bekati,
Yodga tushding yana nogaxon,
Eslamaslikni istagandim,
Lek unutib bo'lmaskan ishon....
© #oa