Ko'nglingni poklamabsanku, tinmay tahorat olganing nimasi?
Kirligi ko'rinib turgan, g'ijim bo'lib ketkan kiyimga atir sepishga qanaqa munosabatda bo'lasiz?
Devorlari yorilib, tomidan chakki tomayotgan uyga pultli darvoza o'rnatishga-chi?
G'alati-ya?
Insoniy fazilatlarda ham shunaqa. Biror xarakteringiz orqali birovga ozor berayotgan vaqtingizda, siz aybingizni yuvish uchun sochingizni tarashingizdan ma'ni yo'q.
Qalban birovni yomon ko'rib, so'zda uni maqtab madh etishingiz ikkiyuzlamachilikdir.
Ishni oladigan bo'lsak. Aytaylik siz — bog'bonsiz. Asosiy vazifangiz gullarni parvarish qilish. Ish beruvchi sizni gullarni qing'ir qeyshiq kesishda ayblaydi, chunki rostan ham shunaqa ish qilasiz. Siz boshliqqa yaxshi ko'rinish uchun endi yer chopishni o'rganishingiz, qeyshiqqo'l ekanligingizni yuvmaydi. Yaxshi hislat qo'shishdan avval nuqsonni davolamoqlik darkor.
Qur'on yodlashga qiynalayotgan insonlarga — istig'forni ko'p ko'p aytish buyurilgan ustozlar tomonidan.
"Ko'nglingni poklamabsanku, tinmay tahorat olganing nimasi?" deb Rumiy bobomiz bejiz aytmaganlar.
Demak, biz bir qadam oldinga siljishimiz uchun, hozirgi holatimizdagi nuqsonlarni bartaraf etishimiz lozim.