O'ylarim, she'rlarim

Kitob o'qishga maslahat

Kitobni rostakamiga maza qilib o'qish uchun o'sha mavzuga sizda katta chanqoqlik bo'lishi kerak. Oxirgi o'qigan 10 ta kitobimdan chinakamiga maza qilgan kitoblarim aynan manga yetishmayotgan narsani bera olgani uchun o'zgacha tuyiladi.

Kifoyaning 1-juzidagi mavzular kundalik ehtiyojni qondirish, Ixtiloflar - sabablar, yechimlar kitobi uzoq vaqtdan beri qiynab kevokkan savollarga javob, "Чистый код" kitobi esa ish faoliyatim uchun og'riqli nuqtam edi. Huddi yaraga malham qo'ygandek, bu kitoblar zavq bergan.

Shuning uchun inson kitobni sevib o'qishi va undan zavqlanishi, kitobni do'st tutishi uchun o'ziga yetishmayotgan ilmga bog'lig'ini mutolaa qilishi kerak. Inson qanchalik bilgani sari esa, bilmagan narsalarini anglab yetadi. Bu esa o'z-o'zidan yana boshqa kitobga ehtiyojni paydo qiladi va huddi domino effekti singari kitob-kitobga ulanib, insonda kitobxonlik paydo bo'ladi.

Davomiylik yo'qligi, kitobdan zerikib qolish esa kitobga o'zini baxsh eta olmaslikda. Buning sababi mutolaa qilinayotgan kitob o'quvchi uchun ayni damda zaruriy janr emas.

Shaxsiy xulosam.