Iltijo (she'r)
Allohim, rahmating cheksiz,
Ishonaman yolg'iz O'zingga.
Ishonaman "ixlos-la so'ra,
Ado etgum!" degan so'zingga.
Sendan o'zgasidan yo'q umid,
Sendan o'zgasidan yo'q panoh.
Sendan o'zgasi emas tayanch,
Suyanganim yolg'iz Sen Alloh.
Rahmating-la tirikman hamon,
Rahmating-la so'zlarim ravon,
G'amga tushgan onim bir zikring,
Butun dardimga bo'lur darmon.
Bu dunyoning dardi o'tkinchi,
Tashvish solar faqat bitta g'am.
Qo'rqadurman mo'min bo'lolmay,
Diydoringdan mosuvo bo'lsam.
O'tingayman har tunu-kuning,
Jannatingda ko'rayin nuring.
#oa