G'ashim keladi
G'ashim keladi...
Hayotta hech narsaga erishmagan inson, hatto o'zi qilmagan narsalarni maslahat berib, o'zini huddi aytganlarini amalda bajargandek tutsa...
G'ashim keladi...
Oila baxti, oilaviy saodat nimaligini his qilmagan boshliq qo'l ostidagi ishchilarga oilasi bilan dam olishga ruxsat so'rashini hushlamasa, karyera qilish oiladan ustun deb bilsa,
G'ashim keladi...
Hayoti davomida 24ta kitob o'qigan inson go'yoki butun borliq kitobini mutolaa qilgandek o'zini tutib, insonlarga go'yo o'zini o'rnak qilib ko'rsatsa,
G'ashim keladi...
O'rganganlariga kundalik hayotta emas, faqatgina ijtimoiy tarmoqda amal qilsa,
G'ashim keladi...
Kimgadir mehringizni berishga harakat qilsangiz-u, ular sizni "paxta qo'yish"da ayblasa,
G'ashim keladi...
Samimiy va sodda bo'lsangiz, sizni esa "fikrlashi past yosh bola" deb kamsitishsa
G'ashim keladi...
Bir insonga yonma-yon yelkadosh bo'lib yordam bersangiz-u, u nimagadir erishgach sizni muvaffaqiyatsizlik sababchisi bo'lishingiz mumkinligini aytib, sizdan yiroqlashsa,
G'ashim keladi...
Oldingizda "aka" deb hurmatingizni qilib, ortingizdan boshliqlarga kamchiliklaringizni ro'kach qilib, haydalganingizdan so'ng o'zicha hamdardlik bildiradigan insonlarga,
G'ashim keladi...
Jum'a namoziga bormagan inson ko'cha yuzasiga mashinasini qo'yib ketkan namozxonlar haqida: masjidga kelgan insonlar mashinasini uzoqroqqa qo'yib piyoda borishsa savobi ko'pku desa,
G'ashim keladi...
Yana juda ko'p narsalarni yozmoqchi edim, ammo ularni eslasam,
G'ashim keladi...
#oa