Dardi to'lsa erkak zotini (she'r)
Dardi to'lsa erkak zotini,
Sukunatga to'liq bolur g'arq.
Oshkor qilmas bor faryodini,
Balki shudir oradagi farq.
Dardi to'lsa erkak zotini,
Anglash mumkin faqat ko'zidan,
Hech so'z demas, zohir-botini,
Anglolmaysan aytar so'zidan.
Dardi to'lsa erkak zotini,
Tunni ba'zan o'tkazar bedor.
Yo'qotsa ham bor bisotini,
Badanimas, qalbidir bemor.
Uzoq o'yga tolib ul erkak,
Shivirlaydi o'ziga asta,
Dunyo go'yo daxshatli ertak,
Tuyuladi, qiladi hasta.
Nima qilsin erkak bechora,
Bo'ynidagi mas'uliyat ulkan,
Dardin kimga qilar oshkora,
Kimga aytsa ustidan kulgan.
Shu sababdir erkakga balki,
Hastalik ham tezroq yetadi.
Qarab sog'lom inson-ku deysan,
Bemor bo'lib avval "ketadi".
Istamaydi... biladi, zarar,
Lek yutadi zaharli tutun,
Nima qilsin u o'z dardini,
Ichga qilar tutun-la tugun.
Aslida u ko'pni istamas,
Istaydi u ozgincha mehr.
O'zgalardan yupanch izlamas,
Mehr bering, mehringiz sehr.
Dardi to'lsa erkak zotini,
Ba'zan tunda yozar shunday bayt.
Yozma ta'riflab faryodini,
Daftariga qilib qo'yar qayd.
© #oa
09.12.23. 23:33