O'ylarim, she'rlarim

Chuqurlikmi yoki kenglik?

"Chuqurlikmi yoki kenglik?"

Yengi narsaga o‘ch bo‘lish har doim ham yaxshimas. Bu orqali siz juda ko‘p yuzaki ma’lumotlar bilan to‘lib qolasiz. Eski, o‘rganishiz kerak bo‘lgan ilmlarni esa mustahkamlashga bee’tibor bo‘lib qolasiz.

Bir sohani dengiz misoli qilib oladigan bo‘lsak, o‘sha ilmni qayta-qayta o‘rganganimizda biz dengizning tagiga sho‘ng‘ib boramiz. Chuqurlikda esa juda ko‘p ma’lumotlar bo‘ladi.

Tez-tez har xil ma’lumot o‘rganganimizda esa biz dengizning ustki qismi bo‘ylab yoyilamiz. Ammo tagimiz bo‘m-bo‘shligicha qoladi.

#dailyinsight #oa