O'ylarim, she'rlarim

Birodar turing masjidga boramiz (she'r)

Ko'zimizni ochdik erta tong-sahar

Shukronlar aytib asta turamiz

Axir bu hol emas boqiy, har safar

Birodar,turing masjidga boramiz.


G'aflatda qolmasdan ko'zni ochaylik

Shaytoning makridan tezroq qochaylik

Bismillah aytib tahorat olamiz

Birodar,turing masjidga boramiz.


Bomdodni unutib uxlasak gar biz

Murdalardan bormi ayting farqimiz?

Bu dunyoda yana qancha qolamiz?

Birodar,turing masjidga boramiz.


Oyoq-qo'l butundir Allohga shukur

Sog'miz, yura olamiz, emasmiz bukur

Alloh roziligi yo'lida tobora biz

Birodar,turing masjidga boramiz


"As-solatu xoyrun mina'n-navm"

Muazzin shunday aytganida ham

Masjidga bormasdan bormi choramiz

Birodar, ,turing masjidga boramiz.


Hozir o'zimiz masjidga bormasak

Allohning baytiga qadam bosmasak

Tobut ichida chorasiz qolamiz

Birodar,turing masjidga boramiz


Masjidning fayzidan rohat olar jon

Jamoat-la o'qish bu baxt har qachon

Yuring, ulkan baxttan bahra olamiz

Birodar,turing masjidga boramiz