Barchasi birinchi marotabadan boshlanadi.
O'zimizdagi yomon odatlarga nazar solaylik. Ular qanday boshlangan? Nimadan boshlangan? Katta ehtimol bilan: "faqat bir martta" deb o'zingizga bergan va'dangiz orqali boshlanadi. Chunki kimdir yomon odatni o'ziga odat qilib olishni maqsad qilmasa kerak.
Ana o'sha siz qilgan "bir marttalik" ish ichingizdagi yangi odamni uyg'otadi. Ichingizdagi yangi odam ikkinchi marotaba qilinajak ish birinchisidan farq qilmasligini, bu ham so'nggisi ekanligini ta'kidlaydi. Shu xolatda ikki uchga, uch to'rtga, to'rt beshga ulanib, bu illat sizga tabiiy narsadek tuyila boshlaydi.
Tanishlarimdan misol keltiraman. Yurak kasalligi bilan muolaja olgan tanishimga chekishni ta'qiqlashgan. 30-40 yildan beri tamaki tutatib keladigan inson bir lahzada voz kechdilar. Barchamiz ularni irodalariga, g'ayratlariga qoyil qoldik. Tahminan yarim yilcha davom etdi, toki....Qilayotgan humorga bir marotaba ruhsat berilmaguncha. Mana shundan so'ng yana sigaret ularni doimiy hamrohlariga qayta aylandi.
Shuning uchundir, amallarni doimiysi muhimroq. Davomiy qilib kelayotgan hayrli odatimizga bir kun pand bersak juda katta ehtimol yana 0 dan boshlashga erinamiz. To'g'rirog'i irodamiz yetmaydi.