O'ylarim, she'rlarim

Atigi

Atigi.

Shu so'zni qo'llash orqali biz juda ko'p resurslarimizni isrof qilamiz.

Atigi 10 daqiqa youTube ko'raman dib, bir nechta 10 daqiqalarimiz, zehnimiz, diqqatimiz, ko'z nurimizni yo'qotamiz.

Atigi 10.000 so'm ekan dib harid qilgan narsalarimizni hisob kitob qilsak, milliondan ziyod.

Qatra qatra yeg'ilib daryo bo'lur digan maqol bejiz emas.

Atigi bir marotaba birovni taklifini rad etish orqali munosabatlar buzilib ketishi mumkin.

Atigi bu - aslida katta bo'lishi kutilvokkan qoyani berkitishni usulidek go'yo.

Shuning uchun barcha ishda "atigi" dib nisbat beriluvchi kichik detallarga ham e'tibor bersak, bu juda kotta foydalar olib keladi.

#dailyinsight #oa