Alvido Ramazon
Oila a’zolaridan kimdir vafot etganmi? Masalan, bir uyda birga yashagan doda-buvisi, ota-ona yoki shunga o‘xshagan yaqin qarindoshi dunyodan o‘tganlar bu holatni juda yaxshi tushunadi. Uyga borasiz, kirasiz… lekin baribir endi uy avvalgidek emas. Kimdir, nimadir yetishmayapti. Hayot davom etmoqda, lekin ichingizda — qandaydir ulkan bir bo‘shliq. Yuragingizning bir cheti muzlab, yoki uvishib qolgandek tuyiladi.
Onam: “Xufton nechchida ekan bugun masjidda?” deb so‘radilar. Javob berdim. Ammo shu javobimda, bugundan boshlab taroveh bo‘lmasligi, faqat xufton o‘qilishi aytilgan bir jumla… yuragimning bir chetini uvishirib qo‘ydi.
Dunyo foniy. Bu yerda hech narsaga muhabbat qo‘yish mumkin emas. O‘tkinchi narsaga oshiq bo‘lish, aslida, aqlga sig‘maydigan ish. Ammo Ramazonga bo‘lgan muhabbat — bu joiz, bu maqbul, bu amal. Oz muddatda o‘ziga o‘rgatadi, lekin qayta-qayta tark etadi…
Azon aytildi. Quyosh botdi.
Salamun alaykum... Va alaykum salom... Alvido, Ramazon. Alvido, siyom…
#oa 29.03.2025 — 18:48